Moslashuvchan o'quv materiallarni talabaning bilim darajasini e'tiborga olgan holda yetkazib berish

Ushbu mavzudagi ilmiy tadqiqot ishlarini "Algoritmlar" faniga moslab yaratdik. Prototipni ko'rish uchun shu link ga murojaat qiling. Proyektning ilmiy tushunchasi va qizqacha ma'lumot quyida berilgan.

Adaptiv ta'lim

Muallif: D.Ahmadaliev

Adaptiv (moslashuvchan) ta'lim bu: o'nlayn ta'lim olish tizimlarida talabaning bilim darajasi va uning ta'lim olish usuliga moslashuvchan o'quv manbaalarini avtomatik tarzda yetkazib berishga qaratilgan tadqiqot yo'nalishi.

Xozirda ta'limning o'nlayn ko'rinishi ommaviylashgan. Biroq undagi yuzaga kelayotgan kamchiliklar turli e'titirozlarga sabab bo'lmoqda. O'quv manba'larini internet tarmog'ida yetaridan ortiqligi va ularning katta qismi barcha internet foydalanuvchilari uchun ochiqligi sir emas. Biroq ularning keng ko’lami muayyan foydalanuvchining muayyan maqsadiga yo’nalgan manba’ni topishni qiyinlashtiradi. Talim tizimlarining turli shakldagi (matn, grafig, audio va video) o’quv manba’lari darslik sifatida statik ko’rinishda foydalanuvchining turli qiziqishlarini inobatga olinmasdan taqdim etiladi. Natijada, o’nlayn ta’lim olishni istagan foydalanuvchi internet tarmog’ida sayr qilish bilan vaqtining katta qismini yo’qotishiga sabab bo’ladi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida adaptiv ta’lim deb nomlagan yanngi ilmiy tadqiqot yo’nalishi kiritilgan.

...
Ta'lim usullarini avtomatik aniqlash
Muallif: D.Ahmadaliev

Har bir inson o'ziga hos harakterga ega. Bu o'ziga hoslik ta'lim olish jarayonida ham aks etadi. Bu turdagi harakter va yondashuvni ta'lim usuli desak, u muayyan usullardan foydalanib ta'lim olishni belgilab beradi.

Created: 2020, June 26th

...
Mashinani o'rganish usullari bilan classifikatsiyalash
Muallif: D.Ahmadaliev

Internetda o'quv materiallarning shakllari turfa hil va ularning foydalanuvchilari ham bilim darajasi jihatdan bir biridan katta farq qiladi. Foydalanuvchilarga o'zlariga mos manba'larnini avtomatik yetkazib berish bugungi kundagi ta'lim tadqiqotining asosiy e'tiborida turibdi. Bunday masalalarni yechishda sun'iy intellektning "Mashinani o'rganish" tarmog'idan foydalanib kelinmoqda.

Created: 2020, June 27th

Sohaning qamrab oluvchi tarmoqlari